Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek oila diskursida milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning aks etishi lingvopragmatik va lingvokulturologik jihatdan tahlil qilinadi. Oila diskursida muloqot madaniyati, murojaat shakllari, hurmat kategoriyasi, individualizm va kollektivizm kabi jihatlar qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida o‘zbek oilalarida kollektivlik, kattalarga hurmat va qarindoshlik aloqalari ustuvorligi, ingliz oilalarida esa individualizm, shaxsiy erkinlik va demokratik muloqot yetakchi o‘rin tutishi aniqlanadi.
kommunikatsiya
milliy qadriyat
oila diskursi
pragmalingvistika
lingvokulturologiya
umuminsoniy qadriyat
individualizm
kollektivizm