Raqamli-pedagogik transformatsiya va zamonaviy taʼlimning tadqiqot modellari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani

Mazkur anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga kiritilgan bo'lib, Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 28 - 29-oktabr kunlari tashkil etilgan.

1+ Sonlar
90+ Maqolalar
110+ Ishtirokchilar
Oʻzbekcha

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA EKOLOGIK TAFAKKURNI SUNʼIY INTELLEKT YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH

Nashr sanasi
29.10.2026
Jurnal
Raqamli-pedagogik transformatsiya va zamonaviy taʼlimning tadqiqot modellari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Nashr
Raqamli-pedagogik transformatsiya va zamonaviy taʼlimning tadqiqot modellari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Sahifalar
402-407
DOI
10.5281/zenodo.23685430

Mualliflar

Annotatsiya

Ushbu tezisda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining Texnologiya fani darslarida oʻquvchilarning ekologik tafakkurini sunʼiy intellekt (SI) vositalari yordamida rivojlantirishning nazariy asoslari va metodik yoʻllari yoritilgan. Ekologik tafakkurning motivatsion-qadriyatli, kognitiv, tizimli-tahliliy va amaliy-faoliyatli tarkibiy qismlari asoslab berilgan. SI vositalarining hayotiy sikl tahlili, chiqindini prognozlash, materiallarni tanlash va loyiha baholashdagi didaktik imkoniyatlari ochib berilgan. Toʻrt bosqichli metodik model, 5–9-sinflar uchun dars misollari va baholash mezonlari taklif etilgan.

Kalit so‘zlar

STEAM barqaror rivojlanish ekologik izi ekologik tafakkur hayotiy sikl tahlili loyiha faoliyati raqamli kompetentlik.

Boshqa tillardagi variantlar

Русский
В данной работе рассматриваются теоретические основы и методологические подходы к развитию экологического мышления учащихся с использованием инструментов искусственного интеллекта (ИИ) на уроках технологии в общеобразовательных средних школах. Обосновываются мотивационно-ценностный, познавательный, систематически-аналитический и практико-практический компоненты экологического мышления. Раскрываются дидактические возможности инструментов ИИ в анализе жизненного цикла, прогнозировании отходов, выборе материалов и оценке проектов. Предлагается четырехэтапная методологическая модель, примеры уроков и критерии оценки для 5-9 классов.
STEAM анализ жизненного цикла искусственный интеллект проектная деятельность устойчивое развитие цифровая компетентность. экологический след экологическое мышление
English
This thesis outlines the theoretical foundations and methodological approaches for developing students' ecological thinking in "Technology" classes within general secondary schools, utilizing artificial intelligence (AI) tools. The components of ecological thinking—motivational-value-based, cognitive, systemic-analytical, and practical-activity-oriented—are substantiated. The didactic potential of AI tools in areas such as life cycle analysis, waste forecasting, material selection, and project evaluation is explored. A four-stage methodological model, along with lesson examples for grades 5–9 and assessment criteria, is proposed.
STEAM Technology (subject) artificial intelligence digital competence ecological footprint ecological thinking life cycle analysis project-based activity sustainable development

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni. OʻRQ-637-son, 23.09.2020.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5863-son Farmoni. 30.10.2019.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4996-son qarori. 17.02.2021.
4. Yoʻldoshev J.Gʻ., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. — T.: Oʻqituvchi, 2004.
5. Muslimov N.A. Kasb taʼlimi oʻqituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: monografiya. — T.: Fan, 2004.
6. Tolipov Oʻ.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. — T.: Fan, 2006.
7. Xusayinova G., Masalbekova Sh. Akmeologik yondashuv asosida oʻquvchilarda texnologik tafakkurni shakllantirish metodikasi (5-sinf misolida) // OʻzMU xabarlari. — 2026. — № 3. — B. 227–229.
8.Xusayinova G.A., Muxitdinova J.R. Pedagogik akmeologiya – pedagog kasbiy kamolotining uzluksiz taraqqiyot sifatida // Ta’lim va taraqqiyot. – 2026. – № 5. – B. 1011–1021.
9.Абдуллаева О.С., Хусаинова Г.А. Акмеологический подход к формированию эпистемических знаний студентов на занятиях по технологиям // Ilm, tadqiqot va taraqqiyot. – 2026. – № 1(15). – С. 122–128.
PDFni ko'rish O‘xshash maqolalar